Fermer xo‘jaliklari ekin yer maydonlarini egallab olish holatlari aniqlandi

Fermer xo‘jaliklari ekin yer maydonlarini egallab olish holatlari aniqlandi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muzrabot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro N.A. “F.X.” fermer xo‘jaligining sug‘oriladigan ekin yer maydonining 20 sotixini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, jami 98 metr kv. suvli yer maydonida 5 xonali uy-joy qurilishini amalga oshirayotganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Shofirkon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.O. "Jo‘yrabod” MFYdagi “R.J.” fermer xo‘jaligiga qarashli yuqori bonitetli sug‘oriladigan yer maydonining 7 sotixini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, yerning unumdor qatlamiga zarar yetkazgan holda chorvaga mo‘ljallangan bino qurganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (er uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!