Fermer xo‘jaligi yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar aniqlandi

Fermer xo‘jaligi yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan tuman kadastr bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Mustaqillik” MFYdagi "B.J." fermer xo‘jaligiga “Paxta-g‘allachilik” va “Chorvachilik-bog‘dorchilik” yo‘nalishi uchun ijaraga berilgan yer maydonining 48 sotixini 4 nafar fuqaro o‘zboshimchalik bilan egallab olib, uy-joy qurayotganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 229-1-moddasi (er uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!