Fazliddin G‘oibnazarov 2 yillik tanaffusdan keyin tezkor g‘alabaga erishdi

Fazliddin G‘oibnazarov 2 yillik tanaffusdan keyin tezkor g‘alabaga erishdi

Professional bokschimiz, Olimpiada chempioni Fazliddin G‘oibnazarov Toshkentda ringga ko‘tarildi.

Kechaning markaziy jangida Fazliddin G‘oibnazarov venesuelalik Eyder Parraga qarshi jang qildi. 10 raundga mo‘ljallangan jang 38 soniya ichida yakunlandi. Fazliddin birinchi raunddayoq kuchli zarbasi bilan raqibini nokautga uchratdi.

Shu tariqa G‘oibnazarov ikki yillik tanaffusdan keyin ringga qaytgan Rio—2016 Olimpiadasi g‘olibi prof boksdagi 10-g‘alabasini tantana qildi.

Eslatib o‘tamiz, "Humo Arena"da professional boks oqshomi o‘tkazilmoqda. Jang oqshomini martabali mehmonlar ham kuzatib borishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!