Farg‘onalik ota farzandi uchun oldindan 160 million so‘m aliment pulini to‘lab berdi

Farg‘onalik ota farzandi uchun oldindan 160 million so‘m aliment pulini to‘lab berdi

Majburiy ijro byurosining Farg‘ona shahar bo‘limiga fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor X.B.dan voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun turmush o‘rtog‘i A.A foydasiga aliment undirish haqidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor X.B. farzandi voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment pulini oldindan to‘lab berishini ma’lum qilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, farzand voyaga yetgunga qadar bo‘lgan aliment miqdori 160 mln. so‘mni tashkil qilgan va qarzdor 24.11.2021 yilda kuni ushbu mablag‘ni undiruvchiga topshirgan hamda ijro ishi O‘zbekiston Respublikasi "Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunining 41-moddasi 1-qismiga asosan tamomlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!