Farg‘onalik ayol qarovsiz qoldirilgan velosipedni o‘g‘irladi

Farg‘onalik ayol qarovsiz qoldirilgan velosipedni o‘g‘irladi

Farg‘ona shahrida qarovsiz qoldirilgan velosipedni o‘g‘irlagan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 6 sentyabrdan 7 sentyabrga o‘tar kechasi T.I. ismli ayol Quvasoy ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi YU.M.ning yashash xonadoni oldida qarovsiz qolgan 1,4 million so‘mlik velosipedini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik) bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilgan. Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!