Farg‘onada zavodda ishlovchi ayol ustiga benzin sepib, yoqib yubordi

Farg‘onada zavodda ishlovchi ayol ustiga benzin sepib, yoqib yubordi

Viloyat hokimligi bu bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida ishlab kelgan ayol H.S., faoliyati to‘xtatilgan sexdagi ishi o‘rniga zavod qoshidagi unitar korxona – “RSMU Neft”da taklif qilingan xuddi shunday o‘rindagi ishga o‘tishga ko‘nmay, kecha, 2 avgust kuni korxona oldida ustiga benzin quyib, o‘ziga o‘t qo‘yib yuborgan.

Zavod tibbiyot punktida birinchi yordam ko‘rsatilib, so‘ngra Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali Kombustiologiya bo‘limiga olib kelib yotqizilgan.

"Ayolning o‘z joniga qasd qilishga urinishi bilan bog‘liq holat viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olindi",-deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Avaz O‘rinboyev va viloyat prokurorining o‘rinbosari Behzod Ismoilov boshchiligida ishchi guruh tuzilgan. Ishchi guruh tarkibidan viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Erkin Nuraliyev ham o‘rin olgan.

"Hozirda ishchi guruh tomonidan holatning kelib chiqish sabablari bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda",-deyilmoqda o‘rganish natijalari yuzasidan to‘liq axborot taqdim etilishi qayd etilib.

Eslatib o‘tamiz, bugun viloyat hokimining o‘rinbosari – viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Komila Kavlanova Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialida bo‘lib, ayolning holidan xabar olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!