Farg‘onada yosh yigit boshiga tuproq to‘la chelak tushib ketishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi (+video)

Farg‘onada yosh yigit boshiga tuproq to‘la chelak tushib ketishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi (+video)

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona tumani Do‘stlik MFY Nilufar ko‘chasidagi uylarning birida 50 metr chuqurlikdagi quduqni tozalash maqsadida tushgan. Uy egasi S.S. tomonidan quduqni tozalash ishlari olib borayotgan vaqtda, temir chelak arqoni uzilib ketgan. Boshidagi himoya kaskasi borligiga qaramasdan fuqaro og‘ir tan jarohati bilan halok bo‘lgan.

Hodisani kuzatib turgan fuqaro R.T. yordam berish maqsadida chuqurlikka tushadi va qaytib chiqolmagan.

Ta’kidlanishicha, vaziyat yuzasidan viloyat FVB xodimlari zudlik bilan belgilangan manzilga yetib borgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida, qutqaruv asbob-anjomlari yordamida 50 metrlik quduqdan 2 nafar fuqaro olib chiqilgan.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!