Farg‘onada "Yosh Gvardiyachi"lar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada "Yosh Gvardiyachi"lar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati boshqarmasida Milliy gvardiya, Xalq ta’limi va yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-avgust kunidagi PQ 5215- sonli qaroriga asosan, “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida “Yosh gvardiyachi” harbiy-sport musobaqasining birinchi bosqichi o‘tkazildi.

Unda Marg‘ilon shahrida joylashgan 1-sonli mexribonlik uyidan “Yosh gvardiyachilar” jamoasi; Qo‘qon shaxrida joylashgan 12-sonli mexribonlik uyining “Sher yuraklar” jamoasi; Namangan shaharida joylashgan 26-sonli mexribonlik uyining “Temurbeklar” jamoasi; Andijon shaxrida joylashgan “Bolalar shaxarchasi”ning “Arslonlar” jamoasi ishtirok etishdi.

Farg‘onada "Yosh Gvardiyachi"lar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada "Yosh Gvardiyachi"lar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Jamolar 6 ta shart ya’ni:
– bilimdonlar bellashuvi
– o‘q-dorilarni belgilangan joyga yetkazish va o‘qdonga joylash
– Kalashnikov avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish
– birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish
– estafeta 4 x 100
– turnikda tortilish kabi shartlar bo‘yicha bahslashishdi.

Musobaqaning asosiy maqsadi, mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, harbiy xizmatga qiziqtirish, yoshlarda jasurlik, shijoat, josorat va boshqa tuyg‘ularini shakillantirishdir.

Farg‘onada "Yosh Gvardiyachi"lar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada "Yosh Gvardiyachi"lar tanlovi bo‘lib o‘tdi

Qizg‘in va baxsli laxzalarga boy bo‘lgan musoboqada umumiy hisobda 3-o‘rinni Andijon va Namangan viloyatlari vakillari olgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni Qo‘qon va faxrli birinchi o‘rinni Marg‘ilon shahrida joylashgan 1-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari qo‘lga kiritib, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Ishtirokchi jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Eslatish joizki Marg‘ilon shahar 1-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Futbol bo‘yicha o‘tkazilgan Respublika musobaqalarida ham 1-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan edi.

Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi tomonidan yoshlar orasida bugungi kungacha ko‘plab musobaqalar tashkil etib kelinmoqda. Bu kabi ishlarni amalda bo‘lishi esa Prezident qarorlarni hayotga tadbiq etilayotganini isboti desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

Huquqshunos bloger Shermuhammad Dehqonov


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!