Farg‘onada uchrashuvga chiqqan ayolni “yigiti” tunab ketdi

Farg‘onada uchrashuvga chiqqan ayolni “yigiti” tunab ketdi

Farg‘onada talonchilik jinoyati fosh etildi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hodisa 31 may kuni sodir bo‘lgan. 27 yoshli fuqaro A.A. telefon orqali o‘zidan 10 yosh katta ayol Z.T. bilan tanishgan. Keyin u bilan uchrashish uchun Yaypan shahar markaziga kelgan. Uchrashuvda ayolga go‘yoki o‘zining yashash uyini ko‘rsatishini aytib, uni xilvat joyga olib borgan. Xilvat joyda uni urgan va 2,1 mln so‘mlik sariq metalldan yasalgan sirg‘alarini yechib olgan. Hech kim ko‘rmasligi uchun voqea joyidan qochib qolgan.

Tezkor-qidiruv davomida talonchi ushlangan va Z.T.ga tegishli 2 dona sirg‘a musodara qilingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi  2-qismi “a” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi ochilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!