Farg‘onada tanishini aldagan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘onada tanishini aldagan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona shahar. 2021 yilning yanvar oyi boshlarida M.D ismli ayol tanishi S.SH.ni o‘qishini Qirg‘iziston Respublikasidagi Tibbiyot Universitetidan O‘zbekiston Respublikasiga ko‘chirib berishligini aytib jami 2.200 AQSh dollarini olib, firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni ehtiyoji uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!