Farg‘onada tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan shaxs 4.600 AQSh dollaridan ayrildi

Farg‘onada tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan shaxs 4.600 AQSh dollaridan ayrildi

Quvasoy shahri. 2021 yilning yanvar oyida YU.I. va N.Q.lar bir guruh bo‘lib, N.SH. ishonchiga kirib, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, daromadni teng taqsimlashni aytib, 4.600 AQSh dollari miqdorida pullarni olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!