Farg‘onada tabiiy gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

Farg‘onada tabiiy gaz tarmog‘idan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko‘prik tuman bo‘limi hamda “Hududgaz Farg‘ona” filiali xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda, tumanidagi “K” MCHJga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida tamg‘asi buzilgan gaz hisoblagichga ulanib, 10.09.2021 yildagi qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha xabarnomani inobatga olmasdan faoliyat yuritganliklari natijasida, hududiy gaz ta’minoti korxonasi manfaatlariga 247,7 mln so‘m zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!