Farg‘onada sobiq qaynonasining avtomashinasini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘onada sobiq qaynonasining avtomashinasini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona shahrida 29 aprel kuni soat 09:00 larda A.I. Marg‘ilon ko‘chasida eshiklari qulflanmagan holda qarovsiz qoldirilgan sobiq qaynonasi E.O‘. ismli ayolga tegishli “Neksiya-3” rusumli avtomashinasini kalitini qo‘lidan tortib olib, avtomashinani olib qochib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi  (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yil yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!