Farg‘onada “Slick” tizimi orqali o‘zganing pulini o‘zlashtirgan “tadbirkor” qo‘lga tushdi

Farg‘onada “Slick” tizimi orqali o‘zganing pulini o‘zlashtirgan “tadbirkor” qo‘lga tushdi

Hozirgi paytda klik tizimi ko‘pchilik fuqarolar orasida keng ommalashmoqda. Uning bir qator afzalliklari sabab yurtdoshlarimiz biror joyga pul o‘tkazishni o‘zlari mustaqil oson va qulay amalga oshirishyapti. Ammo Klik tizimining qulayliklaridan o‘z manfaati uchun foydalanuvchilar ham uchrab turibdi. Shunday “tadbirkor”lardan biri Farg‘onada qo‘lga tushdi.

2020 yilning 12 oktyabr kuni M.Z. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2020 yilning 6 oktyabr kuni noma’lum shaxs nomiga tegishli bank tomonidan rasmiylashtirilgan plastik kartasidan uyali aloqa apparatiga o‘rnatiladigan “Click” tizimi orqali, plastik karta hisobida bo‘lgan pullardan 718.000 so‘mini yashirin ravishda o‘g‘irlaganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur jinoyatni fuqaro A.SH. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.  

Qonunchilikka asosan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!