Farg‘onada “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi

Farg‘onada “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida tadbir o‘tkazildi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvaxidovaga fuqarolar qabuli davomida Andijon viloyati, Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro “Ayollar daftari”ga kiritilgan bo‘lishiga qaramay, unga yordam ko‘rsatilmayotgani bo‘yicha murojaat qildi.

Aniqlanishicha, murojaatchi ayol Z.S. shu yilning yanvar oyida yashash xonadonida tabiiy gazdan chiqqan chaqnashda yuz va tana qismi 45 foiz kuygan. 2-guruh nogironi bo‘lgan ushbu fuqaroni operasiya yo‘li bilan davolanishi uchun yordamlashish maqsadida “Ayollar daftari”ga kiritilgan.

Murojaat mintaqaviy vakil nazoratiga olingach, tegishli tashkilotlarga murojaat qilindi. Natijada murojaatchi Z.S.ga jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun30 mln so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi.

Shuningdek, Ombudsmanning Andijondagi mintaqaviy vakiliga Baliqchi tumanida yashovchi, jazo muddatini o‘tab, ozodlikka chiqqan va hozirda probasiya hisobida turuvchi fuqaro J.R. fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatini yo‘qotganligi va mablag‘i yo‘qligi sababli yangi pasport ololmayotgani bo‘yicha murojaat qildi.

2 nafar voyaga yetmagan farzandi bor ushbu fuqaroning ozodlikka chiqqanidan so‘ng, uni jamiyatga moslashishi, ishga joylashishiga ko‘maklashish maqsadida, homiylar yordamida murojaatchining fuqarolik pasportini to‘loviga yordam ko‘rsatildi. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatni rasmiylashtirgan fuqaro mintaqaviy vakil yordamida ishga joylashtirildi.

Ma’lumot uchun: Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Gulnora Abduvaxidova haftaning seshanba va payshanba kunlari soat 14:00 dan 17:00ga qadar fuqarolar qabulini o‘tkazadi. Manzil: Andijon shahar, A.Fitrat ko‘chasi, 239 uy

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!