Farg‘onada "Moskvich"da yong‘in chiqdi va...

Farg‘onada "Moskvich"da yong‘in chiqdi va...

Viloyat FVBning ma’lum qilishicha,bugun tushda Buvayda tumanida joylashgan somon bozorida to‘xtab turgan 1989 yil ishlab chiqarilgan moskovich rusumli avtomashina va unga ulangan tirkama hamda uning ustidagi 300 dona press somoni bilan yong‘in chiqqan.

Buning oqibatida avtomashina egasi A.A ikki qo‘l, kaftlari hamda yuz qismida turli xildagi kuyish bilan tan jaroxati olgan.

"Xozirda bemorining xolati yaxshi, Buvayda tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limida tibbiyot xodimlari nazoratida",-deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!