Farg‘onada mast erkak poyezd tagida qolib ketdi

Farg‘onada mast erkak poyezd tagida qolib ketdi

Farg‘ona viloyatida Andijon–Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd temir yo‘l izlari tagida mast holatdagi erkak yotgani aniqlandi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona viloyati Qo‘qon–Buvayda peregonining 5-kilometrida 4 avgust kuni soat 21:50 atrofida Andijon–Toshkent yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezd haydovchisi temir yo‘l izlari ichida yotgan odamni ko‘rib qolgan va poyezd favqulodda tormozlangan.

Qayd etilishicha, to‘xtatish harakatlari samara bermay, poyezd temir yo‘lda yotgan odam ustidan o‘tgan, ammo tanasi po‘lat izlar orasida bo‘lgani sababli fuqaroga hech nima qilmagan.

Ta’kidlanishicha, poyezd to‘xtashi sabab temir yo‘l kesishmasidagi avtomobil harakati ham to‘xtagan. Oqibatda 20 daqiqa davomida avtotransport tirbandligi yuzaga kelgan.

Xabar berilishicha, mast holatdagi fuqaro voqea joyidan qochib ketgan. Yo‘lovchi poyezdi texnik ko‘rikdan so‘ng, belgilangan yo‘nalish bo‘ylab harakatini davom ettirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!