Farg‘onada ikki nafar qiz va bir mehmon fojiali o‘lim topdi

Farg‘onada ikki nafar qiz va bir mehmon fojiali o‘lim topdi

Joriy yilning 14 yanvar kuni (soat 13:00) Farg‘ona shahar “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini A.Qodiriy ko‘chasi 43-uy, 44-xonadonda yashovchi ikki nafar fuqarolarni jasadlari hamda shu xonadonga mehmonga kelgan bir nafar fuqaro Respublika shoshilinch tibbiy tez yordam ilmiy markazi, Farg‘ona filialiga olib borilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilganligiga qaramasdan shifoxonada vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra vafot etganlar is gazidan zaharlangan deb gumon qilinayotganligi ma’lum qilindi. Bunday vaziyatda Farg‘ona shahar hokimi tegishli qaror qabul qildi, unga ko‘ra, mazkur favqulodda vaziyatni o‘rganish bo‘yicha shahar komissiya tarkibi tasdiqlandi:

Farg‘ona shahar hokimining tegishli qarori bilan:

1. Farg‘ona shahar, Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2022 yil 17 yanvar kungi 31/1-45- sonli murojaati inobatga olinsin.

2. Farg‘ona shahar “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘ini A.Qodiriy ko‘chasi 43-uy, 44-xonadonda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatni o‘rganish bo‘yicha shahar komissiya tarkibi ilovaga asosan tasdiqlansin.

3. Komissiya vazifasi quyidagilar:

Baxtsiz hodisa sodir bo‘lgan joyning holati bo‘yicha barcha o‘zgarishlarni qayd etish;

gazdan foydalanish uskuna va jixozlarining turi, rusmi, markasi, ularning joylashuv o‘rni va texnik holatini aniqlash;

dudbo‘ron va shamollatish kanallarining loyiha hujjatlariga belgilangan norma va qoidalarga muvofiqligini aniqlash;

baxtsiz hodisa guvohlaridan tushuntirish xatlarini olish;

baxtsiz hodisa sodir bo‘lishiga olib kelgan aniq normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jixatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilmaganlik holatlarini aniqlash.

4. “Hududgaz Farg‘ona” GTF, Farg‘ona shahar bo‘limi (D.Nishonov)ga:

Baxtsiz hodisa oqibatlari talofat ko‘rgan ob’ekt fotosuratlarini olish, baxsiz hodisa sodir bo‘lgan joyning prinsipial chizmasi yoki eskizini tayyorlash;

baxtsiz hodisa bo‘yicha tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan transport va aloqa vositalari, maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalarini yetkazib berish;

komissiya a’zolarining ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan kompyuter texnikasi bilan jihozlangan alohida xona ajratib berish;

baxtsiz hodisani tekshirish materiallari zarur miqdorlarda nusxalari ko‘paytirib berilishini ta’minlash;

baxtsiz hodisaning kelib chiqishi sabablarini tekshirish doirasida komissiya tomonidan texnik hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun xarajatlar, laboratoriya tadqiqotlari, sinov va boshqa ishlar hamda transport va aloqa xarajatlari uchun to‘lovlar “Xududgaz Farg‘ona” GTF tashkiloti bilan kelishilgan holda amalga oshirish vazifalari yuklatilsin.

5. Farg‘ona shahar hokimining o‘rinbosari D.Omonovga;

Zarurat tug‘ilgan taqdirda baxsiz hodisa sabablarini aniqlash uchun ekspertlar yoki qo‘shimcha mutaxassislar jalb etish;

jalb etilgan ekspertlar yoki mutaxassislardan iborat guruhning xulosasi yozma ravishda rasmiylashtirish;

o‘rganish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 fevral kungi “Gazdan turmushda foydalanishda sodir bo‘ladigan baxtsiz hodisalarni tekshirish hamda hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 64-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda belgilangan muddatdan kechiktirmagan holda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish vazifalari topshirilsin.

6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish shahar hokimining o‘rinbosari D.Omonov, ijrosini tashkil etish va ta’minlash shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i I.Saidakbarovlar zimasiga yuklatilsin.

Farg‘ona shahar “Istiqlol” MFY A.Qodiriy ko‘chasi 43-uyning 44-xoandonida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatni o‘rganish bo‘yicha shahar komissiyasi

T A R K I B I

F.I.Sh

Ish joyi va lavozimi

1

D.Omonov

-

Farg‘ona shahar hokimining o‘rinbosari, komissiya raisi

2

I.Saidakbarov

-

Farg‘ona shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i, komissiya raisi o‘rinbosari

KOMISSIYa A’ZOLARI

3

D.Nishonov

-

“Hududgaz Farg‘ona” GTF Farg‘ona shahar bo‘lim boshlig‘i

4

E.Sultonov

-

Farg‘ona shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i

5

M.Qurbonov

-

Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Farg‘ona viloyati hududiy inspeksiyasi

6

R.Marasulov

-

Farg‘ona shahar uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i

7

S.Mamatqulov

-

O‘zbekiston yong‘inga qarshi kurash jamiyati Farg‘ona shahar bo‘limi boshlig‘i

8

G.Abduraxmonova

-

Farg‘ona shahar “Istiqlol” MFY raisi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!