Farg‘onada ikki erkakning fohisha ayollar bilan bazmu jamshidi fojiali tugadi

Farg‘onada ikki erkakning fohisha ayollar bilan bazmu jamshidi fojiali tugadi

Sudlangan K.Karimov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) 2007 yil 4 noyabr kuni soat 19:30larda spirtli ichimliklar iste’mol qilib, mast holatda mahalladoshi M.Mo‘ydinovni uchratib qoladi.

So‘ng u bilan Farg‘ona shahriga borib, yengil tabiatli ayollar bilan uchrashishlarini aytib, birgalikda Farg‘ona shahriga kelishib, o‘zlariga tanish bo‘lmagan YU.Xolbekova va G.Payziyevalar bilan tanishib, ular bilan “dam olib o‘tirish”ga kelishib, YU.Xolbekovaning yashash uyiga borishadi, uni uyida o‘zlari bilan xarid qilib olgan aroq, pivolarni iste’mol qilib, soat 22:30larda T.Payziyeva yashash uyiga ketib yuboradi. Soat 23:00larda mast holatda uy egasi YU.Xolbekova bilan K.Karimov o‘zaro janjallashib, janjal davomida YU.Xolbekova uni uyatli so‘zlar bilan haqorat qilganidan g‘azablanib, uni qasddan o‘ldirish maqsadida xonadonda bo‘lgan “DVD” apparatining elektr simi bilan bo‘ynidan bo‘g‘ib, uni hushidan ketkizadi.

Shundan so‘ng, K.Karimov uy egasi YU.Xolbekovani o‘lgan deb hisoblab, honadonda bo‘lgan qotillik jinoyati guvohi bo‘lgan M.Mo‘ydinovga o‘zi sodir qilgan ushbu jinoyat haqida hech kimga aytmaslikni uqtirib, xonadonda bo‘lgan “Konedak” nomli narxi 200.000 so‘mlik “DVD” va “Siemens” nomli narxi 70.000 so‘mlik uyali telefon apparatini yashirin ravishda olib chiqib ketib, o‘zganing mulkini talon-toroj qilgan.

Xalqimizda bir naql bor “qing‘ir ishning qiyig‘i 40 yilda bo‘lsa ham fosh etiladi” deb bejiz aytilmagan. K.Karimov qancha yashirinishga harakat qilmasin uning sodir etgan jinoyati fosh etilib, sud tomonidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jazo tayinlandi.

K.Karimov sodir qilgan jinoyatidan pushaymonda ekanligini sudga bildirsada har qanday jinoyat sodir qilgan shaxs jazosiz qolmaydi.

Abdurasul Minojiddinov,
jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!