Farg‘onada homilador ayolni pichoqlab ketishdi. Ayol o‘ldi

Farg‘onada homilador ayolni pichoqlab ketishdi. Ayol o‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Daxshatli voqea! 8 oylik homilasi bilan kelinni bo‘g‘izlab tashlagan" sarlavhali videoxabar tarqalgan.

Aniqlanishicha, 2021 yil iyun oyida U.N. Yozyovon tumani, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan xonadonlar biriga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mol-mulklarni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan vaqtida uyda bo‘lgan homilador M.Q uni ko‘rib qolganligi sababli, uni pichoq bilan bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan. Oqibatda M.Q kasalxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 23 iyun kuni Yozyovon tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) va 164-moddasi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha 1 nafar shaxsga ayb e’lon qilinib, unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun 2021 yil 16 sentyabr kuni Farg‘ona viloyat sudiga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!