Farg‘onada fuqaroni 800 AQSh dollariga chuv tushirgan shaxs ushlandi

Farg‘onada fuqaroni 800 AQSh  dollariga chuv tushirgan shaxs ushlandi

Farg‘ona shahrida 2-oktyabr kuni M.D IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 3-sentyabr kuni noma’lum shaxs Bozorboshi ko‘chasida ishonchiga kirib, aldov yo‘li bilan 800 AQSh dollarini har birini 1.070.000 so‘mga ayriboshlashga kelishib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan 5.560.000 so‘m pullarni berib qolgan 3.000.000 so‘m pullarni qo‘lga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni D.X sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!