Farg‘onada do‘kon yonib ketdi. Bu qasddan qilingani aytilmoqda

Farg‘onada do‘kon yonib ketdi. Bu qasddan qilingani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Yaypan shahrida 18 oktyabr kuni yong‘in ro‘y berdi. Odamlar orasida qasddan yoqib yuborildi degan gaplar yuribdi" deb nomlangan xabarga rasmiy munosabat bildirildi.

Joriy yilning 19 oktyabr kuni soat 03:31da O‘zbekiston tumani «Pastqo‘riq» MFY, Turkiston ko‘chasida joylashgan xo‘jalik do‘konini yonayotganligi bo‘yicha tuman IIB navbatchilik qismidan tuman FVB ga xabar kelib tushgan.

Kelib tushgan xabarga asosan yong‘in-qutqaruvchilar xodisa joyiga 03:41da yetib borib, 03:43da o‘rab olinib, 04:20da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Sodir bo‘lgan yong‘inda 70 kv.m. maydonda ichki qismi hamda oziq-ovqat mahsulotlari yongan. Yong‘indan binoning 100 kv.m. maydoni saqlab qolingan.
Hozirda yong‘inning sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hodisa oqibatita jabirlanganlar va kuyganlar mavjud emas.
Yong‘in-qutqaruv qismidan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa tahminan 10 km.ni tashkil etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!