Farg‘onada bemor vafot etdi: ota-o‘g‘il esa tez yordam xodimini kaltakladi

Farg‘onada bemor vafot etdi: ota-o‘g‘il esa tez yordam xodimini kaltakladi

Joriy yilning 12 noyabr kuni soat 04:00 larda Rishton tumani Oqtomir MFYda yashovchi fuqaro T.T. tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, otasi 1942 yilda tug‘ilgan T.G‘. ning sog‘ligi yomonlashganligini ma’lum qilgan.

Tez yordam xodimlari T.T. ning yashash xonadoniga borib, bemorga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, uning qon bosimi ko‘tarilganligi sababli tuman markaziy shifoxonasiga olib ketayotgan vaqtlarida bemor T.G‘. vafot etgan.

Otasining vafot etganligidan g‘azablangan T.T. va uning o‘g‘li G‘.X.lar tez yordam xodimi B.Z. ni urib, unga tan jarohati yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tuman IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!