Farg‘onada AYOQSh egasini do‘pposlab ketishdi

Farg‘onada AYOQSh egasini do‘pposlab ketishdi

Farg‘ona. 2020 yilning 04 iyul kuni soat 20:30 da 21 yoshli X.SH., 24 yoshli B.R. va J.SH., lar bir guruh bo‘lib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, O‘zbekiston tumani Do‘stlarobod qishlog‘ida joylashgan 38 yoshli SH.F., ga tegishli bo‘lgan AYOQShga kelishib, hech bir sababsiz fuqaro SH.F., ni tanasining turli joylariga urib-do‘pposlab hodisa joyidan yashiringanlar.

Natijada tan jarohati olgan SH.F. tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “v” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ishtirokchilar gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va prosessual tartibda ushlangan.

Hozirda surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!