Farg‘onada ayollar kiyimida yurgan erkak samosud qilindi (VIDEO)

Farg‘onada ayollar kiyimida yurgan erkak samosud qilindi (VIDEO)

Internet va ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan ayol kishi kiyimidagi shaxsni bir nechta fuqarolar samosud qilinayotganligi aks etgan videoxabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.



Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 14 noyabr kuni soat 03:00 larda fuqaro U.YU. ayollar kiyimini kiyib olgan holda yo‘lovchi avtomashinada Buvayda tumanidan qaytayotib, Bag‘dod tumanining Bordon MFY chorrahasida tushib qolgan. Katta yo‘l bo‘yida turgan vaqtida shu qishloqda yashovchi fuqarolar uning erkak kishi ekanligini sezib qolib, videotasvirga olishgan.

U.YU. bu yerdan qochib, shu atrofdagi fuqaro T.E.ga tegishli uyning tom qismiga chiqib yashiringan. Uy egasi noma’lum shaxsni o‘g‘irlikka tushganlikda gumon qilib ushlab, bu haqida viloyat IIBning “102” raqamiga murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro U.YU. ga nisbatan Bag‘dod tuman IIB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi bilan U.YU.ni videotasvirga olib, internet tarmoqlarida tarqatib yuborgan fuqaro M.X.ga ushbu kodeksning 46-moddasi prim 1-moddasi bilan hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!