Farg‘onada ayol 9 yashar qizchaning boshiga qasddan urib, kanalga tashlab yubordi

Farg‘onada ayol 9 yashar qizchaning boshiga qasddan urib, kanalga tashlab yubordi

2021 yil 19 aprel kuni Farg‘ona viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov ishtirokida viloyat IIB majlislar zalida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hududida sodir etilgan jinoyatlarni fosh etishda faol ishtirok etib, ijtimoiy burchini namunali bajargan va jasorat ko‘rsatgan fuqarolar hamda xizmatchilar taqdirlandilar.

Jumladan, 14.04.2021 yilda Buvayda tumani IIB navbatchilik qismiga “Maslahat” MFY hududidan oqib o‘tgan “Oyimtarra” kanaliga yosh qizcha noma’lum ayol tomonidan urib, tashlab yuborilganligi haqida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabar asosida o‘tkazilgan tezkor-tergov harakatlari davomida, fuqaro M.E. turmush o‘rtog‘i B.Y. bilan shar’iy nikoh asosida yashab kelayotgan fuqaro M.J.dan rashk qilib, o‘ch olish maqsadida uning 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qizi F.F.ni 14.04.2021 yilda maktabdan aldab, “Oyimtarra” kanali yaqiniga olib kelib, qasddan o‘ldirish maqsadida noma’lum jism bilan uning bosh sohasiga urib, kanalga tashlab yuborgan.

Ushbu holatni ko‘rib qolgan Buvayda tumanida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan SH.Yangiyevning jasorati tufayli F.F. kanaldan qutqarib olinib, hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan Buvayda tuman prokuraturasi tomonidan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.E.ga nisbatan qamoq olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘lanilgan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maktab o‘quvchisi SH.Yangiyevning bu harakatlarini munosib rag‘batlantirish maqsadida Farg‘ona viloyat prokurori va viloyat IIB boshlig‘ining buyruqlari bilan unga tashakkurnoma e’lon qilinib, tadbirda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi hamda u ta’lim olayotgan maktabga bu haqda taqdimnoma kiritilishi belgilandi.

Shuningdek, jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish,  jinoyatlarni fosh etishda faol ishtirok etib, xizmat burchini namunali bajargan Milliy gvardiya xizmatchisi F.Mirzaxalilov, ichki ishlar organlari xodimlari X.Abdurazakov, I.Otaqulov, S.Kurashovlarga ham viloyat prokurorining buyrug‘i bilan tashakkurnoma e’lon qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!