Farg‘onada 5 ta uyda yong‘in chiqdi

Farg‘onada 5 ta uyda yong‘in chiqdi

Joriy yilning 30 iyul kuni soat 06:12da Qo‘qon shahar, Omonlik ko‘chasi 19-uyda yashovchi fuqaro M.M yashash uyining 80 kv.m. maydonda tom qismida yong‘in kelib chiqqan.

Yong‘in tarqalishi natijasida 20-21-22-24-uylarning tom qismida yengil alangalanuvchi tez yonivchi somonpoyalar saqlanayotganligi sababli, yong‘in tarqalib, aholi yashash uylarining tom qismining jami 150 m2 maydoni yong‘indan zarar ko‘rgan.

Sodir bo‘lgan yong‘inga yong‘in-qutqaruv ekipajlari 06:17da yetib borib, 06:29da yong‘in o‘rab olinib, 08:47da to‘liq o‘chirilgan. Sodir bo‘lgan yong‘inda fuqarolarning jabirlanishi va xalok bo‘lish xolatlari mavjud emas.

Hozirda yong‘inning kelib chmqish sababi va zarari aniqlanmoqda. Ushbu honadon shahar FVB 5-HYOQQ instruktor qutqaruvchilari tomonidan 2021 yil 18-fevral kuni yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan yo‘riqnomadan o‘tkazilib, maxsus daftarga imzo qo‘ydirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!