Farg‘onada 28 yoshli yigit aka-ukalar tomonidan do‘pposlandi

Farg‘onada 28 yoshli yigit aka-ukalar tomonidan do‘pposlandi

Farg‘ona viloyati. 2021 yilning 27 aprel kuni soat 18:45 larda 38 yoshli A.Sarvar ukalari 36 yoshli A.Sardor, 32 yoshli A.Shoxidjon, 28 yoshli N.Nizomjonlar bilan bir guruh bo‘lib Furqat tumani Bekobod qishlog‘ida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Ne’matjon ota” choyxonasi oldida 28 yoshli M.Xurshidjonni haqorat qilib, hech bir sababsiz urib do‘pposlayotganlarida, ularning bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan fuqaro 28 yoshli A.Qurbonaliga ham faol qarshilik ko‘rsatib, tanasining turli joylariga urib jarohat yetkazganlar. 

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.Sarvar, A.Sardor, A.Shoxidjon va N.Nizomjonlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “G” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prosessual tartibda ushlanganlar.

Tergov harakatlari davomida, aka-ukalar o‘zlarining ko‘rsatmalarida N.Nizomjon M.Xurshidjon bilan sinfdosh bo‘lib, taxminan 2 oy oldin ularga tegishli ushbu choyxonaga kelgan vaqtida oshxona idishlarini sindirib qo‘yib, ular bilan nizoga borib ketib qolganligi, u yana ushbu choyxonaga kelgan vaqtida A.Sarvarning esiga eski adovat tushib qolib, M.Xurshidjonga jarohat yetkazganliklari ma’lum bo‘lgan.

Hozirda tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!