Farg‘onada 21 nafar fermerlarni aldab, muhridan foydalangan firibgar ushlandi

Farg‘onada 21 nafar fermerlarni aldab, muhridan foydalangan firibgar ushlandi

Quvalik fermelar meva-savzavotlarini eksport qilib beruvchi shaxs bilan tanishib qoladilar. Ushbu shaxs 21 nafar fermerni xorijga mulklarini eksport qilib sotib berishini umumiy mablag‘ ularning hisob raqamlariga tushishini va’da beradi. 21 fermer «qadrdoniga» ishonib muhrlarini uning qo‘liga topshiradi. Bu haqida Viloyat Adliya boshqarmasi Aniq.uz'ga xabar qildi

Ularning hisob-raqamlariga pul tushmaydi. Aksincha uyiga sud chaqiruv qog‘ozi keladi.

Unga ko‘ra, har bir fermer xorijga bir nechta turdagi mahsulotlarni eksport qilgan, ammo soliq to‘lovlari vaqtida to‘lanmagani aytiladi. Shu sababli, fermerlarning har biri qarzdorlikni to‘lab qo‘yishi, agarda vaqtida to‘lanmaydigan bo‘lsa jinoy ish qo‘zg‘atilishi bo‘yicha ogohlantiriladi.

Firibgarga chuv tushgan fermerlar imkonsiz qolib bo‘ynilaridagi qarzdan qutulish uchun adolat izlab, Farg‘ona viloyat Adliya boshqarmasiga murojaat qiladi.

Farg‘onada 21 nafar fermerlarni aldab, muhridan foydalangan firibgar ushlandi

Foto: Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi

Viloyat adliya boshqarmasi bilan gaplashganimda, boshqarma tomonidan Quva tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi fermer xo‘jaliklari rahbarlarining murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilgani aytildi.

Aniqlanishicha, Quva tuman davlat soliq inspeksiyasi kiritgan da’vo arizalari yuzasidan Farg‘ona tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluv qarorlariga asosan Quva tumanida faoliyat ko‘rsatuvchi 21 ta fermer xo‘jaliklariga nisbatan jami 7 mlrd 760 mln 788 ming so‘mlik moliyaviy jarimalar qo‘llanilgan.

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fermer xo‘jaliklariga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llash haqidagi hal qiluv qarorlarini bekor qilish yuzasidan huquqiy yordam ko‘rsatildi.

Natijada 21 ta fermer xo‘jaliklariga nisbatan qo‘llanilgan jami
7 mlrd 760 mln 788 ming so‘mlik moliyaviy jarimalar qo‘llash haqidagi sudning hal qiluv qarorlari bekor qilindi, shuningdek fermer xo‘jaliklarining bankdagi hisobvaraqlariga taqdim etilgan inkasso topshiriqnomalari chaqirib olindi.

Fermer xo‘jaliklarining buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi.

Firibgarga nisbatan esa jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Muammolari ijobiy hal bo‘lgan fermerlar viloyat adliya bosharmasi tizimiga va ma’sullariga rahmatini aytmoqda. «Og‘zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi» deganlaridek, fermerlar endilikda bu kabi masalalarga hushyor bo‘lishlarini aytib qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!