Farg‘ona viloyatida 2 yashar qizni zo‘rlaganlikda gumon qilingan 9-sinf o‘quvchisi hibsga olindi

Farg‘ona viloyatida 2 yashar qizni zo‘rlaganlikda gumon qilingan 9-sinf o‘quvchisi hibsga olindi

Farg‘ona viloyati Rishton tumanida 2 yoshli qizni zo‘rlashda gumon qilinib xususiy bolalar bog‘chasidan biri egasining 16 yashar o‘g‘li hibsga olindi. Hodisa joriy yilning 4 mart kuni sodir bo‘lgan, deya xabar berdi ca-news.org .

19 mart kuni tuman markazida joylashgan bolalar bog‘chasida ikki yashar qizning zo‘rlanganligi haqida, yashirin bo‘lish sharti bilan, Rishton fuqarosi xabar bergan.

Qizaloqni zo‘rlagan bola Farg‘ona viloyati Rishton shahridagi maktabning 9-sinf o‘quvchisi. O‘smirning onasi uyida xususiy bolalar bog‘chasini ochgan va zo‘rlangan qiz shu bolalar bog‘chasida tarbiyalanadi. O‘sha kuni ona ishi sabab ketgan. Bolalarga qarashni esa o‘g‘liga topshirgan. Qaytib kelganida esa qizaloq allaqachon shifoxonaga intensiv terapiya bo‘limiga olib ketilgan bo‘lgan , - deydi mahalla faollardan biri.

Rishton tumani maktabgacha ta’lim bo‘limining boshlig‘i Avazjon G‘aniyev bu hodisani tasdiqladi va bolalar bog‘chasining noqonuniy faoliyat yuritganligini ma’lum qildi.

To‘qqizinchi sinf o‘quvchisi o‘qiyotgan maktab direktori esa jurnalistlarning savollariga javob bermadi va bu hodisa atrofida shov-shuvlarni yaratmaslikni so‘rab Nima keragi bor tirnoq ichidan kir qidirib, hammasi allaqachon jim bo‘ldi-ku , deya go‘shakni qo‘yib qo‘ygan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!