Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga rahbar tayinlandi

Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan podpolkovnik Qo‘chqorov Ilhomjon Abdubasirovich Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlov Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev hamda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda e’lon qilindi.

Ilhomjon Qo‘chqorov 1981-yilda Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2002-yilda Farg‘ona davlat universitetini, 2014-yilda Rossiya Federasiyasi Fuqaro muhofazasi akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!