Farg‘ona tumanida quyosh elektrostansiyasi bunyod etiladi

Farg‘ona tumanida quyosh elektrostansiyasi bunyod etiladi

Farg‘ona tumanidagi Sattorobod massivida qurilishi rejalashtirilayotgan quyosh elektrostansiyasining umumiy maydoni 400 gektarni tashkil etadi.

Elektr energiya stansiyasi bir yilda 240 million kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu 73 million kub metr gazni iqtisod qilish bilan birga, atmosferaga 160 ming tonna par gazi chiqindisi chiqishining oldini oladi.

Ayni paytda elektrostansiyasini qurish bilan bog‘liq loyiha hujjatlari tayyorlangan. Qiymati 80 million AQSh dollari bo‘lgan quyosh stansiyasini qurish yuzasidan investorlar o‘rtasida xalqaro tanlov e’lon qilinadi. Quyosh stansiyasini 2024 yilda foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.

Loyihaning amalga oshirilishi natijasida yalpi hududiy mahsulot 90 milliard so‘mga ortadi, 5 mingta ish o‘rni yaratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!