Farg‘ona shahrida tilla taqinchoqlarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona shahrida tilla taqinchoqlarni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona shahar.2021 yil oktyabr oyida SH.S tanishi A.D ismli ayolning ishonchiga kirib farzand ko‘rmayotgani sababli Rossiya davlatiga borib, davolanib kelish uchun jami 2000 AQSh dollariga teng tilla taqinchoqlarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, tilla taqinchoqlarni boshqa shaxslarga sotib yuborib pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!