Farg‘ona shahrida telefon do‘konidan 6.500.000 so‘m pullarini o‘g‘irlagan shaxs fosh bo‘ldi

Farg‘ona shahrida telefon do‘konidan 6.500.000 so‘m pullarini o‘g‘irlagan shaxs fosh bo‘ldi

Farg‘ona shahrida fuqaro K.I IIBga murojaat qilib, unda 19 oktyabr kunidan 20 oktyabr kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Mustaqillik ko‘chasida joylashgan telefon savdo do‘koniga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, do‘konidagi seyf ichida bo‘lgan 6.500.000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.U sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!