Farg‘ona shahrida suv havzasi kiyim almashtirish xonasida qarovsiz qoldirilgan uyali telefon apparatini o‘g‘irlagan ayol fosh bo‘ldi

Farg‘ona shahrida suv havzasi kiyim almashtirish xonasida qarovsiz qoldirilgan uyali telefon apparatini o‘g‘irlagan ayol fosh bo‘ldi

Farg‘ona shahrida fuqaro X.A IIBga murojaat qilib, unda o‘g‘li voyaga yetmagan A.X.ning 2022 yilning 25 iyul kuni noma’lum shaxs Frunze mavzesidagi savdo do‘koni oldidagi suv havzasini kiyim almashtirish xonasida qarovsiz qolgan narxi 1.500.000 so‘mlik "Samsung A-12" rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni M.M ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!