Farg‘ona shahrida yer maydoni savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Farg‘ona shahrida yer maydoni savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.N. boshqa bir fuqaro B.S.ga go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida “Z.F.” MCHJga gulchilikka ixtisoslashgan issiqxona qurish uchun ajratib berilgan, 4,5 gektar yer maydonini 35 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 15 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!