Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘limi mudiri "pora" bilan qo‘lga tushdi

Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘limi mudiri "pora" bilan qo‘lga tushdi

Unda aniqlanishicha, Farg‘ona shahridagi ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘limi mudiri bosh shifokor orqali mazkur tibbiyot markazida ishlovchi ikki nafar xodimning shtat birliklarini 1 “stavka”dan 1,5 “stavka”ga ko‘tarib berishni aytgan holda 500 AQSh dollari talab qilgan. Mudir xonasida 400 AQSh dollar miqdordagi pulni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan korrupsiyaga qo‘l urgan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!