“Farg‘ona Issiqlik elektr markazi”da payvandlash jarayonida chaqnash sodir bo‘ldi

“Farg‘ona Issiqlik elektr markazi”da payvandlash jarayonida chaqnash sodir bo‘ldi

FVB Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “Farg‘ona Issiqlik elektr markazi” chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan, ishchi xizmatchilar orasida tan jaroxati olganlar, jabirlanganlar va vafot etganlar yo‘q.

Voqea joyiga Yong‘in-qutqaruvchilar 09:08da yetib borib, 12:03da sig‘imning atrofida sovutish maqsadida o‘rab olinib nazoratga olingan. Chaqnashni taxminiy sababi oldindan o‘rnatilgan ko‘pik berish qurilmasini almashtirish jarayonida (payvandlash) olovli ishlarni olib borish oqibatida kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinib, xozirda serishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Sodir bo‘lgan chaqnash “Farg‘ona Issiqlik elektr markazi” AJning kundalik ish rejimiga o‘z ta’srini o‘tkazmagan buning sababi tamirlash jarayonidagi xavfsizlik masalalari ta’minlanib, tarmoqdan ajratilgan holda ish jarayoni amalga oshirilayotgan bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!