"Falastinga ozodlik": London xalqi Isroilni to‘xtatishni talab qilmoqda

"Falastinga ozodlik": London xalqi Isroilni to‘xtatishni talab qilmoqda

Shanba kuni Buyuk Britaniyaning poytaxtida Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi  namoyish  bo‘lib  o‘tmoqda,  deb xabar beradi RIA Novosti.

"Buyuk Britaniya hukumati zudlik bilan choralar ko‘rishi va Isroilni to‘xtatishi kerak", deyiladi aksiya  tashkilotchilarining talabnomasida.

London markazidagi xiyobonda bir necha ming kishilik namoyish boshlandi. Uning yo‘li Londonning  markaziy tumanlaridan o‘tib, Kensingtonda, Isroil elchixonasi yaqinida tugadi. Elchixona qo‘riqlanadigan  Kensington  saroy bog‘larida  (elchixonalar  bilan  birga  unda  joylashgan  millionlab dollarlik qasrlar tufayli "milliarderlar ko‘chasi" laqabini olgan) ko‘chada joylashganligi sababli, to‘g‘ridan-to‘g‘ri elchixona yaqinida namoyish uyushtirish taqiqlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!