Facebook siyosiy reklamalar uchun taqiqni bekor qildi

Facebook siyosiy reklamalar uchun taqiqni bekor qildi

Facebook kompaniyasi AQShda 2020 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan saylovlardan keyin siyosiy reklamalar uchun joriy qilingan taqiq bekor qilinganini e’lon qildi. Avvalroq xuddi shunday qaror Google tomonidan ham qabul qilingan edi. Bu haqda «Kommersant’» xabar berdi.

«Biz Qo‘shma Shtatlardagi siyosat, saylovlar va jamoat masalalari bilan bog‘liq reklamalar namoyishini tiklaymiz. Ushbu vaqtinchalik taqiq 2020 yil noyabrdagi saylovdan keyin chalkashlik va tartibsizlik bo‘lmasligi uchun kiritilgan edi», — deyiladi Facebook xabarida.

Facebook reklama beruvchilarga 2020 yil sentyabr oyining boshida, saylovdan bir hafta oldin yangi siyosiy reklamalarni qabul qilishni to‘xtatishini aytgan edi. Sentyabr oyining oxirida Google ham o‘z reklama beruvchilariga 3 noyabr kuni saylov uchastkalari yopilgandan keyin siyosiy reklama chiqarmasligini ma’lum qildi. Noyabr oyida Facebook va Google siyosiy reklamalar uchun taqiq muddatini uzaytirdi.

Avvalroq Facebook Avstraliyaga oid yangiliklarni ulashishga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishi haqida xabar berilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!