«Facebook» gazetalarga pul to‘laydi

«Facebook» gazetalarga pul to‘laydi

 

 

«Facebook» Germaniyadagi gazetalarga pul to‘laydi:  ijtimoiy tarmoq qator nemis nashrlari bilan ularning kontentini «Facebook News» servisida yoritish uchun shartnoma tuzdi. Shu kelishuvning o‘ziyoq IT-gigant jahon jamoatchiligi bosimi ostida yon berishga majbur bo‘layotganini ko‘rsatmoqda.

Hammasi Avstraliyada boshlangandi — mamlakat hukumati yangi qabul qilgan qonun «Facebook» va «Google» kompaniyalariga mahalliy nashrlarning yangiliklarini chop etgani pul to‘lash majburiyatini yukladi. IT-kompaniyalar qarorni avvaliga keskin, salbiy qarshi olishdi, «Google» hatto Avstraliyada qidiruv servisini o‘chirish bilan po‘pisa qildi, keyin esa... yirik nashriyot «News Corp» bilan bir necha yillik va bir necha yuz million dollarlik bitimga kelishdi.

Avstraliyadagi segmentida boshida yangiliklarga havolalarni e’lon qilishni taqiqlashga uringan «Facebook» ham uzoqqa bormadi, barcha OAVlarga milliard dollar ajratishga va’da berdi.

Avstraliyadan tashqari, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniyada ham texnogigantlar kamxarj yo‘llarni qidirish bilan ovora — shartnoma shartlarini o‘zlari qo‘yishsa va kamchiqim bo‘lsa.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!