Evroparlament Turkiyaga tahdid qildi

Evroparlament Turkiyaga tahdid qildi

Evropa parlamenti yetakchi fraksiyasi – Yevropa xalq partiyasi (EXP) rahbari Manfred Veber Turkiya Finlyandiya va Shvesiyaning NATOga kirishiga to‘sqinlik qilsa, alyansda yakkalab qo‘yilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda u kecha, 15 may kuni “Funke” media guruhiga ma’lum qildi.

“NATO hamjihatligini shubha ostida qoldiradigan har bir kishi birlashma ichida yakkalanib qoladi. Agar ikkala davlatning o‘zi [NATOga a’zo bo‘lishni] xohlasa, Finlyandiya va Shvesiya uning bir qismidir. Uni sekinlashtirish yoki blokirovka qilish uchun hech qanday sabab yo‘q”, degan Veber.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 13 may kuni Finlyandiya va Shvesiyaning NATOga qo‘shilish imkoniyatini ijobiy deb hisoblamasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlar terrorchilik tashkilotlari, xususan, Turkiyada taqiqlangan Kurdiston mehnatkashlar Partiyasi a’zolari uchun “mehmon uyi”ga aylangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!