Evropaning yangi “Yashil poytaxti” aniqlandi

Evropaning yangi “Yashil poytaxti” aniqlandi

Finlyandiyaning Laxti shahri 2021 yilda rasman Yevropaning “Yashil poytaxti”ga aylandi, deb xabar berdi “EuroPulse”.

Ta’kidlanishicha, unvon Laxtiga Lissabon shahridan o‘tgan.

Ma’lum qilinishicha, shahar takroriy iqtisodiyotni yaratishdagi yutuqlari uchun taqdirlangan. Zero, hozirda Laxtida chiqindilarning 97 foizi qayta ishlanadi yoki qayta ishlatiladi.

Shahar, shuningdek, dunyodagi eng toza vodoprovod suvi bilan ham maqtana oladi.

Shahar ma’muriyatining ta’kidlashicha, 2025 yilga kelib issiqxona gazlari chiqindilarini 1990 yildagiga nisbatan 80 foizga kamaytirish va uglerodsiz shaharga aylanish, 2050 yilga kelib esa chiqindisiz iqtisodiyotni barpo etish rejalashtirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Yevropaning “Yashil poytaxti” unvoni Yevropa Komissiyasi tomonidan 2008 yildan beri berilib kelinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!