Evropaning havosi eng iflos shaharlari ma’lum bo‘ldi

Evropaning havosi eng iflos shaharlari ma’lum bo‘ldi

Buyuk Britaniyaga 11,4 milliard yevroga tushadigan London eng yuqori ifloslangan va havosining sifati eng yomon Yevropa shaharlari orasida birinchi bo‘ldi, deb xabar berdi “Le Figaro” Yevropa jamoat salomatligi alyansi uchun tayyorlangan “CE Delft” tadqiqotidan olingan ma’lumotlarga asoslanib.

Unga ko‘ra, Buxarest va Berlin mos ravishda keyingi o‘rinlarni egallashgan. Parij yillik xarajatlari 3,5 milliard yevro bilan yettinchi o‘rinni zabt etgan.

Umumiy hisobotga ko‘ra, Yevropada havoning ifloslanishi, shu jumladan, erta o‘lim, kasal va yo‘qotilgan ish kunlari uchun to‘lovlar yiliga 166 milliard yevroga tushadi.

Ta’kidlanishicha, tadqiqot davomida Yevropa Ittifoqining 27 mamlakatidagi 432 shahar ko‘rib chiqilgan.

Tadqiqotda uchta asosiy havoni ifloslantiruvchi moddalar haqida ma’lumot olingan: zarrachalar, azot dioksidi va karbonat angidrid.

Evropa atrof-muhit agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, havoning ifloslanishi Yevropada yiliga 480 ming kishining bevaqt o‘limiga sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!