Evropaning 20 ta kompaniyasi Rossiya gazini rublga sotib olish uchun "Gazprombank"da hisob-raqamlarini ochdi

Evropaning 20 ta kompaniyasi Rossiya gazini rublga sotib olish uchun "Gazprombank"da hisob-raqamlarini ochdi

Evropada yigirmaga yaqin kompaniya Rossiyaning gaz uchun to‘lovni rublda to‘lash bo‘yicha talablarni bajarish uchun Rossiyaning “Gazprombank”ida hisob raqamlarini ochdi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.

Agentlik qaysi kompaniyalar yoki davlatlar gazni Rossiya rubliga sotib olishga tayyorligini oshkor etmagan. Shu bilan birga, yana o‘n to‘rtga yaqin Yevropa kompaniyasi Rossiya tomonidan “Gazprombank”da hisob-raqam ochish uchun zarur hujjatlar ro‘yxatini so‘ragani qayd etilgan.

Mart oyining oxirida Rossiyada do‘stona bo‘lmagan mamlakatlardan kelgan xorijiy iste’molchilar tomonidan gaz uchun to‘lovning yangi mexanizmini belgilovchi farmon imzolandi. Ushbu mexanizm xorijiy valyutadagi mablag‘larni "Gazprombank"dagi hisob raqamlariga o‘tkazishni nazarda tutadi. Keyin Rossiya banki bu mablag‘larni birjalarda rubl sotib olish uchun ishlatadi va ularni import qiluvchilarning rubl hisoblariga o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!