Evropaliklarni “bioyoqilg‘i psixozi” qamrab oldi

Evropaliklarni “bioyoqilg‘i psixozi” qamrab oldi

Koronavirus pandemiyasi boshlanganda odamlar hojatxona qog‘ozi sotib olishga qanday shoshilgan bo‘lsa hozir ham yog‘och granulalarini sotib olish bo‘yicha xuddi shunaqa vahima bor.

Ispaniyaning La Vanguardia nashriga ko‘ra, yog‘och granulalari bilan ishlaydigan pechlar va qozonlar eng ko‘p sotilmoqda.

Ushbu turdagi yoqilg‘i ishlab chiqaruvchilari keskin ortib borayotgan talabga dosh bera olmayotganini aytishmoqda.

Evropada elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gaz narxlari tinimsiz o‘sishda davom etmoqda, shuning uchun odamlar qishda oddiygina issiqliksiz qolishdan qo‘rqishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!