Evropada sayyohlar to‘lqini hali ham pandemiyadan avvalgi ko‘rsatkichga chiqa olgani yo‘q

Evropada sayyohlar to‘lqini hali ham pandemiyadan avvalgi ko‘rsatkichga chiqa olgani yo‘q

Evropa mamlakatlariga keladigan xorijiy sayyohlar soni hali ham koronavirusdan oldingi ko‘rsatkichga chiqqani yo‘q.

AZERTADJ agentligining ma’lumotiga ko‘ra, Yevroittifoq sayyohlik agentliklari assosiasiyasi tomonidan olib borilgan tadqiqotlari natijasi shunday ma’lumotlarni bermoqda.

Joriy yilda pandemiyagacha bo‘lgan davrdagi sayyohlarning yarmi kelsa ham katta gap, deyishmoqda ayrim Yevropa mamlakatlari. Ayniqsa, Osiyo va Rossiyadan keladigan turistlar soni juda kam, ya’ni eng ko‘p pul sarflaydigan sayyohlar ham asosan Osiyo, Rossiya mamlakatlaridan ekan.

Ayrim ekspertlarning ta’kidlashicha, odamlarda “sayohat qilishga ishtiyoq” ancha pasayib ketgan, xolbuki, avvallari sayyohlarda bu sifat ancha yuqori edi. Odamlar yozgi ta’tilni avval dengizlarda o‘tkazishni istashmoqda, shundan keyingina tarixi boy va muzeylari ko‘p mamlakatlarga sayohat qilishga yo‘l olmoqda.
Darvoqe, sayyohlarning ko‘payishiga chegaradosh mamlakatlardan sayyohlar soni ortgani ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan, Vengriyaga Xorvatiya va Slovakiyadan turistlar ko‘proq kelsa, Chexiyaga Slovakiya va Germaniyadan, Belgiyaga Fransiya va Gollandiyadan ko‘proq sayyohlar kelmoqda.

Xabarda “Qo‘shnichilik turizmi” ko‘rsatkichi hozirgi paytda ancha oshgani aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!