Evropada energiya qimmatlashgani sabab shakar narxi oshdi

Evropada energiya qimmatlashgani sabab shakar narxi oshdi

Evropada shakar narxi keskin ko‘tarildi. Germaniyada 63 foizga, Italiya va Ispaniyada 51 foizga oshgan.

Buning sababi energiya inqirozi deyilmoqda, chunki ko‘pchilik zavodlar tabiiy gazda ishlaydi.

Profinance.ru portali ma’lumotlariga ko‘ra, shakar narxi ayni paytda so‘nggi olti yillikdagi eng yuqori ko‘rsatkichda, bunga Osiyoning yirik yetkazib beruvchisi Hindiston eksport hajmini oshirishni istamayapti degan mish-mishlar tarqalishi ham ta’sir ko‘rsatyotgan bo‘lishi mumkin. Marex tahlilchisi Robin Shouning fikriga ko‘ra, Maxarashtra mintaqasidagi qator shakar zavodlarining muddatidan oldin yopilganligi haqidagi xabarlar qamish tonnasi haddan tashqari oshirib ko‘rsatilganidan dalolat beradi. Bundan tashqari, Braziliya shakar yetkazib berishni qisqartirishi haqidagi ma’lumotlar ham bor, deb yozadi nashr.

Narxlarning ko‘tarilishida Yevropadagi noqulay ob-havo sharoiti va shakar olinadigan o‘simliklar yetishtirishda pestisidlardan foydalanishga qo‘ilgan taqiq ham rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin.

O‘tgan yilning sentyabr oyida Platts Analytics ekspertlari 2022/23 yilgi mavsumda global balansda 4,8 million tonna shakar zaxirasi bo‘lishini bashorat qilishgan edi. Tahlilchilarning fikricha, 2022/23 yillarda Braziliya 32,5 million tonna shakar ishlab chiqaradi, Tailand – 11,5 million tonnadan sal ko‘proq. Hindistonda shakar ishlab chiqarish o‘tgan yili eng yuqori darajaga ko‘tarilib, 2022/23 yillarda etanol ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan 4,1 million tonna shakar chegirib tashlanganidan keyin 36,1 million tonnaga yetishi kutilmoqda. Ushbu mamlakatlarda shakar ishlab chiqarishning o‘sishi korxonalar uchun energiya tanqisligi xavfi bilan birga kuchli qurg‘oqchilik natijasida shakar zaxirasi kamayishi kutilayotgan Yevropa uchun muhim ahamiyatga ega.

Bashorat qilinganidek, ob-havo quruq bo‘lib qolsa, ishlab chiqarishning keyingi qisqarishi istisno qilinmaydi. Bunga Qo‘shma Shtatlar va Meksikadagi noqulay ob-havo sharoiti qo‘shiladi, bu esa ushbu hududlarda ham ishlab chiqarish uchun qo‘shimcha xavf tug‘diradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!