Evropa sudi Polshani har kuni bir million yevro to‘lashga majbur qildi

Evropa sudi Polshani har kuni bir million yevro to‘lashga majbur qildi

Evropa sudi Polshani Oliy sud intizomiy palatasini bekor qilishdan bosh tortgani uchun har kuni bir million yevro to‘lashga majbur qildi. Bu haqda Yevropa sudi qarorida aytilgan.

Polsha Adliya vaziri o‘rinbosari Sebastyan Kaleta jarimani "uzurpasiya va shantaj" deb ta’rifladi. "Bu Polshadan o‘z davlat tizimiga ta’sir qilish huquqini tortib olishga qaratilgan operasiyaning navbatdagi bosqichidir", — dedi Kaleta.

Polsha Oliy sudi a’zolari uchun tartib-intizom palatasi 2018 yilda Polsha sud-huquq tizimini isloh qilish doirasida tashkil etilgan edi. Ushbu qonun, sudyalarga nisbatan intizomiy qoidalarni qo‘llash, shu jumladan ularni lavozimidan chetlatishgacha imkon beradi. Tartib-intizom palatasi a’zolari Polsha Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Evropa komissiyasi tartib-intizom palatasining tashkil etilishini tanqid qilib, undan sudyalarga siyosiy bosim o‘tkazish uchun foydalanish mumkinligini iddao qilmoqda. 2021 yil iyul oyida Yevropa sudi uning faoliyati Yevropa qonunchiligiga to‘g‘ri kelmasligini bahona qilib, intizomiy palatani bekor qilishni buyurgan edi, biroq Varshava buni amalga oshirmadi.

Polsha sud tizimini isloh qilish bo‘yicha hukumat va YEI organlari o‘rtasidagi ziddiyat bir necha yillardan beri davom etmoqda. Ushbu mojaro fonida 2021 yil oktyabr oyida Polsha Konstitusiyaviy sudi mamlakat konstitusiyaining Yevropa Ittifoqi qonunchiligidan ustunligi to‘g‘risida qaror chiqardi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!