Evropa Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi yaqinlashuvdan xavotirda

Evropa Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi yaqinlashuvdan xavotirda

The Financial Times nashrining yozishicha, nomi oshkor etilmagan olti nafar G‘arb rasmiysi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning savdo va energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish niyatidan xavotir bildirgan.

Gazeta manbasining qayd etishicha, 5 avgust kuni Sochidagi davlat rahbarlarining muzokaralaridan so‘ng Yevropa Ittifoqi Turkiya-Rossiya munosabatlarini yaqindan kuzatishni boshlagan. Boshqa bir suhbatdoshning aytishicha, YEI Anqarani ularning tashvishlariga e’tibor qaratishga harakat qilmoqda.

The Financial Times nashrining eslatishicha, Vashington Rossiya bilan do‘stlik xavfi haqida bir necha bor ogohlantirgan. Uning ta’kidlashicha, Rossiya Federasiyasiga cheklovlardan qochishga yordam beradigan davlatlar "ikkinchi darajali sanksiyalar"ga duch kelishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!